Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temir yoʻl sohasida hal qilinishi lozim boʻlgan asosiy masalalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.
Qayd etilishicha, yigʻilishda temir yoʻl sohasidagi islohotlar surʼati iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida amalga oshirilayotgan yangilanishlardan ortda qolayotgani, bu sohada ham tub oʻzgarishlarni amalga oshirish vaqti kelgani taʼkidlangan.
Jumladan, bundan ikki oy avval sohaga yangi rahbar tayinlangan edi. Tizimda eskicha fikrlaydigan, tashabbus bildirmaydigan 30 ga yaqin rahbar yangilandi. Samarasiz shtatlar qisqartirildi.
Prezident topshirigʻiga koʻra, 191 ta temir yoʻl stansiyasiga borilib, ulardagi haqiqiy ahvol tahlil qilindi, 500 dan ziyod tadbirkorlar bilan uchrashildi.
Ushbu tadbirlar natijasida sohada hal qilinishi boʻlgan asosiy muammolar aniqlanib, ularning yechimlari belgilab olindi.
Jumladan, ayrim temir yoʻl korxonalari rentabelligi past, vagonlar parkining bir qismi taʼmirtalab va yangilanishga muhtoj, sohada xususiy sektor ishtiroki uchun zarur imkoniyatlar yaratilmagan, bilet sotishdagi korrupsiya, vagonlardagi sharoit va servisdan aholimiz norozi. Bularning barchasi sohani isloh qilish zaruriyatini koʻrsatmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109644
Jamiyat
94030
Jamiyat
89794
Jamiyat
72957
Jamiyat
//
Izoh yo‘q