Jamiyat
Jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan qonun loyihasida “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Hujjat loyihasiga koʻra, mazkur qonun 45-1-modda, yaʼni tabiatni tez yoʻqolib ketmaydigan mahsulotlar bilan ifloslanishdan muhofaza qilishga doir modda bilan toʻldiriladi.
Bunda tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan hududlarga, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Olib kirish, sotish va ishlab chiqarish taqiqlangan bir martalik plastik mahsulotlarning roʻyxati esa Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Shuningdek, yuqoridagi cheklovlar uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash maqsadida MJtK 91-4-modda bilan toʻldiriladi.
Unga koʻra, tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan hududlarda, moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan hududlarga bir martalik plastik mahsulotlarni (tabiiy organik polimer mahsulotlar mustasno) olib kirish, sotish va ishlab chiqarish, qiymati va miqdoriga qarab, fuqarolarga BHMning 2 baravaridan 25 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q