Jamiyat
Ushbu hafta davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha kuzning birinchi oyi uchun xos boʻlgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati oʻrtacha koʻp yillik qiymatlarga yaqin boʻladi.
Haftaning birinchi yarmida respublika boʻyicha asosan kam bulutli ob-havo boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, haftaning ikkinchi yarmida havo bulutli boʻladi, lekin hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida ish haftasining eng oxirida — 29-sentabr kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi.
Kechalari va ertalabki soatlarda harorat +12...+17 daraja atrofida nisbatan salqin boʻladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni +25...+30 darajagacha, baʼzi joylarda +32 darajagacha isitadi.
Togʻli hududlarda ayrim kunlarda jadalligi asosan biroz boʻlgan yomgʻir yogʻishi mumkin.
Poytaxtda 25-29-sentabr kunlari havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +13...+16 daraja, kunduz kunlari +25...+28 daraja boʻladi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q