Oʻzbekiston oliy harbiy taʼlim muassasalari kursantlari qasamyod qildi

Saqlash
16:50 / 25.09.2023 1408 0

24-sentabrda joriy yilda Mudofaa vazirligi oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan birinchi bosqich kursantlarining tantanali “Vatanga qasamyod” tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Xususan, erta tongdan Qurolli Kuchlar akademiyasida mazkur oliy harbiy taʼlim muassasasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga yangi qabul qilingan kursantlar Vatanga qasamyod qabul qildi.

Tantanali tadbirda mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev, Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi aʼzolari, harbiy xizmatchilar, ota-onalar va kursantlar ishtirok etdi.

Shuningdek, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik muhandislik bilim yurtida kursantlar Vatanga qasamyod keltirish uchun saf tortdi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston oliy harbiy aviatsiya bilim yurti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ham “Vatanga qasamyod” tantanalari yuqori saviyada oʻtkazildi.

Aloqa institutidagi marosimda keng jamoatchilik vakillari yurtimizda harbiy xizmatchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning ijtimoiy himoyasi yoʻlidagi islohotlar haqida gapirar ekan, barchaning oʻqish va keyingi xizmatlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//