Siyosat
Joriy yil 22-sentabr kuni Belgiyaning Bryugge shahridagi Yevropa kollejida Markaziy Osiyo davlatlari elchilari Yevropaning yetakchi diplomatiya akademiyasi rektori, Yevropa Ittifoqining 2014-2019-yillardagi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha sobiq oliy vakili Federika Mogerini hamda Diplomatiya akademiyasi tinglovchilari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
Federika Mogerinining qayd etilishicha, soʻnggi yillarda Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarda muhim bosqichlar kechdi, endi ular sifat jihatidan yangi pogʻonaga koʻtarildi.
“Ikki tomonlama aloqalar tobora kengayib bormoqda, davlat rahbarlarining koʻp tomonlama uchrashuvlari boʻlib oʻtmoqda, kelgusi yili Oʻzbekistonda birinchi Markaziy Osiyo–Yevropa Ittifoqi sammiti boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi savdo va iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, xavfsizlik va atrof-muhit, islohotlarni amalga oshirish, inson huquqlari va yaxshi boshqaruvni mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik va oʻzaro bogʻliqlik sohalarida bir-birlari uchun qimmatli sheriklardir”, dedi u.
Yevropa komissiyasi 2024-yil boshida Bryusselda boʻlib oʻtadigan investitsiya forumiga hozirlik koʻrayotgani va barqaror transport kommunikatsiyalarini, xususan, Markaziy Osiyoni Yevropa bilan bogʻlaydigan va mintaqa mamlakatlariga tashqi bozorlarga qoʻshimcha kirish imkonini beruvchi Trans-Kaspiy yoʻlagini rivojlantirish uchun moliyalashtirishga eʼtibor qaratilishi, shuningdek, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hamkorlikning eng yuqori darajasiga koʻtarilgani qayd etildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q