Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari tantanali kutib olindi

Saqlash
15:01 / 25.09.2023 1394 0

25-28-sentabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida Abu Rayhon Beruniy hayoti va faoliyati, uning jahon tamadduni rivojiga qoʻshgan ulkan hissasiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda. Mazkur yirik tadbir Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida tashkil etildi.

Bugun ilmiy anjuman ishtirokchilari Nukus xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Ular uchun I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

 



 

 

 

 

Kun tartibidan Abu Rayhon Beruniy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi, Beruniy tumani “Aqchaxon qalʼasi”ga sayohat va “Aktyabr” amfiteatrida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida konsert dasturlari oʻrin olgan. 

Eslatib oʻtamiz, konferensiyada 15 ta davlatdan (Turkiya, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Afgʻoniston, Xitoy, Qozogʻiston, Rossiya) 20 nafar xorijiy mehmon, taniqli olimlar va ziyolilar, yozuvchi, shoirlar, sanʼat va madaniyat vakillari, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, respublikamizdagi olimlar ishtirok etadi.

 

Maʼlumot uchun: Toshkent shahrida ham Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050-yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkaziladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//