Toshkentning 3 ta tumanida ichimlik suvi, 2 tasida esa elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi

Saqlash
14:32 / 25.09.2023 1264 0

Toshkent shahrining qator tumanlarida kuz-qish rejali profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 25-sentabr soat 09:00 dan 26-sentabr soat 09:00 gacha ichimlik suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv taʼminoti” xabar berdi.

Mirzo Ulugʻbek tumani boʻyicha:

“Feruza” mavzesi, 26, 28, 30, 32, 33, 34, 35, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 47, 48, 50-sonli koʻp qavatli uylarda, “Kamolon”, “Yangi Kamolon” mahalla idoralarida, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 142, 144, 148, 158-sonlikoʻp qavatli uylarda.

Shayxontohur tumani boʻyicha:

Markaz-14, 13, 14, 15, 15a, 15b, 16, 16a, 7, 7a, 8, 9, 10, 11, 12, 18, 19a, 19b, 17a, 17b, 1a, 2a, 10v, 3, 4, 5, 6 -sonli koʻp qavatli uylarda, Zarqaynar koʻchasi, 1, 2, 2a, 2b, 2v, 2g, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 8a,11, 18, 19, 20, 21, 23, 24, 25, 56, 56a -sonli koʻp qavatli uylarda.

Yashnobod tumani boʻyicha:

“Fidoiylar”, “Choʻlpon” va “Doʻstobod” mahallarida.

Maxtumquli koʻchasi va Pahlavon Mahmud 2-tor koʻchalari, 22-aviashaharcha.

Suvsiz qolgan manzillarga ichimlik suvi maxsus texnikalarda yetkazib beriladi.

Toshkentning ayrim hududlarida 22-sentabr kuni elektr taʼminoti ham vaqtincha toʻxtatiladi:

Chilonzor tumani — “Guliston” MFYning ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;

Mirzo Ulugʻbek tumani — “Alisherobod”, “Zakovat”, “Iqtidor” hamda “Ijodkor” MFYlarining ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//