Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan tabrikladi

Saqlash
21:37 / 22.09.2023 2114 0

22-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Konstruktiv siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro savdo hajmi oshib bormoqda, “Xorazm-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish loyihasi birgalikda amalga oshirilmoqda. Energetika va transport sohalaridagi kooperatsiya mustahkamlanmoqda. Oktyabr oyida poytaxtimizda Turkmaniston madaniyati kunlari oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Markaziy Osiyoda oʻzaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan amaldagi koʻp tomonlama formatlar doirasida kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Telefon muloqoti yakunida davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va xalqini boʻlajak Mustaqillik kuni bilan dildan tabrikladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//