Dam olish kunlari havo qanday boʻladi?

Saqlash
20:04 / 22.09.2023 2098 0

Juma kuni Volgaboʻyi hududidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika hududi boʻyicha nisbatan salqin havo boʻlishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet xizmati agentligi xabar qildi.

 

Kunduzgi harorat +23…+28 darajani tashkil etadi, kam bulutli va quruq havo boʻladi.

 

Shanba va yakshanba kunlari ham ushbu ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Salqin havo massasi asta-sekin sharqqa tomon siljiydi.

 

Dam olish kunlari havo harorati kechalari +11…+16 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari +25…+30 darajagacha isiydi.

 

Poytaxtda bugun yogʻingarchilik kutimaydi, kunduzgi harorat +23…+25 darajani tashkil etadi. Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, harorat kechalari +12…+14 daraja, kunduz kunlari +25…+27 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//