“Haqiqat TV” filmi “48 HOUR FILM RACE” festivalida “Eng yaxshi komediya” deb topildi

Saqlash
12:09 / 22.09.2023 3846 0

Qozogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan “48 HOUR FILM RACE” festivalida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etgan “Haqiqat TV” nomli qisqa metrajli film “Eng yaxshi komediya” yoʻnalishida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

 

Film ssenariy muallifi Umarjon Jumayev, rejissor Feruz Bahodirov, prodyuser Mariya Musoqova, operator Rimir Badamshin, bastakor Mariya Musoqova, bosh rollarni Sevinch Dalaboyeva hamda Mahliyo Asqaraliyeva ijro etgan.

 

Ma’lumot uchun, bu festival doirasidagi filmlar 48 soat ichida tayyor holatga keltiriladi, davomiyligi 4 daqiqa atrofida bo‘lishi kerak. Joriy yildagi film shartiga koʻra filmda quyidagilardan foydalanish talab etilgan:

- kloun (masxaraboz) personaji;

- koʻprik;

“Bu hali hammasi emas” iborasi.



 

G‘olib bo‘lgan 13 film orasida aynan bizning ijodkorlar ham borligidan xursandmiz.

 

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish