Jamiyat
Milliy gvardiya xodimlari jinoyat sodir etgani uchun qidiruvga berilgan besh nafar shaxsni kuzatuv kameralari orqali aniqladi va qoʻlga oldi.
Yakkasaroy tumanidagi mehmonxonalardan birida qoʻriqlash boʻlimi xodimlari Toshkent shahar IIB xodimlari bilan hamkorlikda 43 yoshli M.A. ni qoʻlga oldi. U Jinoyat kodeksining 167-moddasi, yaʼni oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilishda gumon qilinib, qidiruvga berilgan.
Yashnobod tumanidagi masjidda firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvda boʻlgan 49 yoshli K.M., Buxoro dehqon bozorida ham qidiruvda boʻlgan 43 yoshli fuqaro X.O. qoʻlga olingan.
Olmazor tumanidagi “Korzinka” supermarketi yonida qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan firibgarlik sodir etgani uchun qidiruvda boʻlgan T.S. ham qoʻlga olingan.
Yunusobod tumanida tezkor guruh xodimlari tomonidan joriy yilning avgust oyidan buyon huquq — tartibot idoralaridan yashirinib kelayotgan 21 yoshli fuqaro K.Gʻ. qoʻlga olindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q