Jamiyat
Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Toshkent metropolitenida Face-ID texnologiyasi orqali to‘lovni amalga oshirish sinovdan o‘tkazilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra mazkur texnologiya yo‘lovchilarga kontaktsiz to‘lov qilish imkonini beradi. To‘lov qilish uchun shunchaki turniketdagi kameraga qarashning o‘zi kifoya. Bu loyiha ATTO, “Aloqabank”, Visionlabs kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Face-ID ishlashi uchun avvalo yo‘lovchilarning yuzi haqidagi ma’lumotlar qurilmaning bazasiga kiritilishi lozim. Buning uchun yo‘lovchi ATTO maxsus ilovasiga kirib, tegishli funksiyani faollashtirish orqali o‘z yuzini skanerlashi kerak, – deydi ATTO kompaniyasi mas’uli Abdug‘ofur Nurmatov.
Ilovaga kirilganda transport karta balansini ko‘rsatuvchi panelning o‘ng burchagida FacePay tugmasi bor, shu tugma bosiladi va yo‘lovchining yuzi suratga olinadi. Shundan so‘ng, ma’lumotlar bazasiga uning surati qo‘shilgani, tizim faollashtirilgani haqidagi ma’lumot ko‘rinadi. Keyin esa ATTO transport kartasida pul bo‘lsa, to‘lovni Face ID orqali amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Oyina.uzni Telegramda kuzating!
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q