Adliya vazirligi tomonidan temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Saqlash
22:41 / 21.09.2023 1893 0

Adliya vazirligi tomonidan temir yoʻl transportida yuk tashish qoidalari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Ushbu Nizomda Oʻzbekiston hududida umumiy foydalanishdagi temir yoʻllarda yuklarning xususiyatlarini inobatga olgan holda temir yoʻl transportida yuk tashuvlarini tashkil etish tartibi va shartlari belgilandi.

Xususan, yuklarni tashish uchun buyurtmalarni qabul qilish va yuk tashuvlarini prognoz qilish, yuklarni tashish uchun qabul qilish, vagon va konteynerlarni plombalash, yuklarni topshirish, yuk tashish shartnomasini oʻzgartirish tartibi belgilandi.

Ushbu hujjatga asosan yuk joʻnatuvchilar temir yoʻl transportida yuklarni tashish uchun yukni joʻnatish moʻljallanayotgan oy boshlanishidan kamida 14 kun ilgari temir yoʻl transporti yoki uning mintaqaviy boʻlinmalariga buyurtma berishi lozim.

Temir yoʻl transporti yuklarni tashish uchun yukxati va boshqa tashish hujjatlari rasmiylashtiriladi.

Yuklarni tashish vagonli, konteynerli, mayda, guruhli yoki marshrutli joʻnatmalar bilan amalga oshiriladi.

Temir yoʻl transportida:

-uyilgan holda tashiladigan gʻalla yuklarini tashish;

-yuklarni toʻkilgan holda tashish;

-ochiq harakatdagi temir yoʻl tarkibida yuklarni tashish;

-mayda joʻnatmalar bilan yuklarni tashish;

-yuk joʻnatuvchi yoki yukni oluvchilarning kuzatuvchilari hamrohligida yuk tashish;

-universal konteynerlarda yuklarni tashish;

-muzlovchi va tez buziluvchan yuklarni tashish;

-hayvonlar, parrandalar va asalarilarni tashishning oʻziga xos xususiyatlari belgilab berildi.

Shuningdek, temir yoʻl transportida yuklarni vagonlarga ortish va tushirish muddatlari hamda yuklarni yetkazib berish muddatlari belgilandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//