Jamiyat
“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga harbiy taʼlim muassasalarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, boshqa OTMda esa 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar beriladi. Aynan shu toifadagi imtiyozli abituriyentlar sabab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga oʻqishga topshirgan 6 nafar abituriyent 189 ball toʻplasa ham, kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingandi.
Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatovning tasdiqlashicha, bu talabalar kontraktdan grantga oʻtkazildi.
2023/2024-oʻquv yili uchun test sinovlarida abituriyentlar toʻplagan ballari asosida oʻtkazilgan tanlov natijalariga koʻra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi (oʻzbek guruhi)ga toʻlov-kontrakt asosida tavsiya etilgan quyidagi abituriyentlar tomonidan maksimal 189 ball toʻplangan:
1. Ahatov Aziza Shuhrat qizi;
2. Abdulvohidova Muhayyoxon Lutfullo qizi;
3. Xoʻjabekov Ubaydullo Neʼmatovich;
4. Ergasheva Muxlisa Azizbek qizi;
5. Tilavoldiyev Sanjar Zafarjon oʻgʻli.
“Ushbu 5 nafar iqtidorli va maksimal ball toʻplagan yoshlar prezident tomonidan berilgan imtiyoz boʻyicha davlat granti asosida oʻqiydi”, deb maʼlum qilgan bosh vazir matbuot kotibi.
Shuningdek, Qabul komissiyasi aʼzosi, Bilim va malakalarni baholash agentligi raisi Majid Karimovning maʼlum qilishicha, “Temurbeklar maktabi”ning ham kvotalarini alohida qilish ustida ish olib borilmoqda.
Majid Karimovga koʻra, shunga oʻxshash keyingi holatlarning ham oldini olish uchun muntazam ishlovchi tartib ishga tushirilyapti.
“Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan boshqa OTMda bunday muammo yoʻq. Maksimal ball toʻplab ham kontraktga oʻqishga qabul qilinganlar aslida 6 nafar edi. Qoraqalpogʻistonlik bir talabaning muammosini hal qildik. Qolgan 5 nafarining muammosi esa bugun yoki ertaga hal boʻladi”, degan u.
Eslatib oʻtamiz, mandat eʼlon qilingach, maksimal ball toʻplab ham kontrakt asosida oʻqishga kirgan abituriyentlar mavzusi va “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga berilgan imtiyoz jamoatchilik eʼtirozlariga sabab boʻlgandi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q