Jamiyat
Toshkentda 55 yoshli erkak koʻp qavatli uy podyezdida 7 yoshli qizga tegajogʻlik qilgani haqida xabar berilgan edi. Zoʻravonlikka qarshi kurashuvchi “Nemolchi.uz” loyihasining maʼlum qilishicha, u 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
Voqea iyun oyida, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻp qavatli uy podyezdida sodir boʻlgandi. Erkak 7 yoshli qizning ketidan podyezdga kirib, uni qoʻrqitib, intim xarakterdagi harakatlarni sodir eta boshlagan. Ushbu hujum uy aholisi tomonidan oʻrnatilgan kameralar tomonidan qayd etilgan.
Qiz ota-onasiga boʻlgan voqeani darhol aytib berib, ular zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. Erkak 24 soat ichida hibsga olingan. Maʼlum boʻlishicha, u ilgari voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz xatti-harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
20-sentabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudi 1968-yilda tugʻilgan ushbu erkak — X.A.ni Jinoyat kodeksi 119-modda (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
“Nemolchi” loyihasining yozishicha, sud majlisida ayblanuvchi ishini oxiriga yetkazmaganini vaj qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oliy sud plenumining nomusga tegishga doir ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisidagi qarori 8-bandiga koʻra, nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish jinoyati tegishli jinoyat tarkibining obyektiv tomoni sifatida nazarda tutilgan jinsiy aloqa yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirishga qaratilgan harakatlar boshlangan paytdan, ular tugatilganligidan va kelib chiqqan oqibatlardan qatʼi nazar, tamom boʻlgan hisoblanadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q