Jamiyat
Toshkent shahrida Fuqarolikka ega emaslik masalalari boʻyicha tahliliy maʼruza va Parlamentlararo ittifoq hamda BMT Qochoqlar ishlari boʻyicha oliy komissari boshqarmasining parlament aʼzolariga moʻljallangan fuqarolik va fuqarosizlik masalalariga oid yoʻriqnomasi oʻzbek tilidagi nashrining taqdimoti boʻldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy markazi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston hukumati mamlakat hududida fuqarolikka ega emaslik holatlarini kamaytirish va tugatish yoʻlida qatʼiy qadamlar qoʻymoqda. Mamlakatda 2014-yildan eʼtiboran yuz ming nafardan ziyod shaxsning fuqarolikka ega emasligi aniqlangan boʻlib, oʻtgan davrda shundan 83 ming 793 nafarining bu muammolari ijobiy hal etilgan.
2023-yil birinchi yarmidagi holatga koʻra, Oʻzbekistonda 25 ming 413 nafar fuqarolikka ega boʻlmagan shaxs yashaydi. Bu Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlar orasida eng katta koʻrsatkich boʻlib, ayni shaxslarning aksariyati sovet ittifoqi sobiq fuqarolari va ularning avlodlari hisoblanadi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q