Jamiyat
Toshkentdagi “Sharq” nashriyot-matbaa korxonasi shaharning Uchtepa tumani, Katta Xirmontepa koʻchasida joylashgan yangi binoga koʻchiriladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga koʻra, bunga bino va ishlab chiqarish uskunalari maʼnan eskirgani, taʼmirtalab va yaroqsiz holatga kelgani sabab boʻlgan.
Shu bilan birga, Mirobod tumani, Buyuk Turon koʻchasida joylashgan Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) shaharning Mirobod tumani, Matbuotchilar koʻchasida joylashgan Matbuot uyiga koʻchiriladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maʼlumotiga koʻra, OʻzA va “Sharq” nashriyotiga tegishli binolar (umumiy yer maydoni 3,02 gektar, bino maydoni 56,5 ming kv.m.) xususiylashtirish dasturlariga muvofiq ommaviy auksionga qoʻyilgan. Ularning negizida zamonaviy shaharsozlik talablariga mos keluvchi yagona mulkiy majmua barpo etilishi aytilmoqda.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112198
Jamiyat
94877
Jamiyat
90959
Jamiyat
75742
Jamiyat
//
Izoh yo‘q