Madaniyat
Xabaringiz bor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi hamda Oyina.uz portali Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovini eʼlon qilgandi. Tanlovga kelib tushgan 400 ga yaqin ijodiy ishlarning 10 donasi hakamlar hay’ati tomonidan saralab olinib, Oyina.uz portalining telegram kanalida eʼlon qilindi. Ovoz yig‘ish jarayoni tugagandan so‘ng gʻoliblar ikki yoʻnalishda – hakamlar hayʼati eʼtirofi va muxlislar bergan ovozlar soniga koʻra aniqlandi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra g‘oliblar bilan tanishing:
1-o‘rin – Sarvar Farmonov, grafik rassom (1398 ta ovoz);
2-o‘rin – Azizjon Qahhorov, G‘ijduvon tumanidagi Mirakon mahallasi yoshlar yetakchisi (1253 ta ovoz);
3-o‘rin – Ravshanbek Otamurodov, Urganch tumanidagi 1-umumta’lim maktabi o‘quvchisi (973 ta ovoz).
Hakamlar hay’ati e’tirofiga ko‘ra g‘oliblar:
1-o‘rin – Mahmudjon Eshonqulov, karikaturachi rassom (Tanlovga 10 ta karikatura yuborgan bo‘lib, ulardan faqat bittasi ovoz yig‘ish uchun telegram kanalga qo‘yildi. Hakamlar hay’ati ijodkorning tanlovga jo‘natgan boshqa ishlarini ham ko‘rib chiqib, ayni yo‘nalishda 1-o‘ringa munosib topdi. Rassomning karikaturalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin);
2-o‘rin – Umid Sulaymonov, grafik rassom (Tanlovga to‘rtta karikatura yuborgan, faqat bir dona surati ovoz berish uchun telegram kanalga joylashtirilgan. Hakamlar hay’ati ijodkorning qolgan ishlarini ham inobatga olib 2-o‘ringa loyiq ko‘rdi. Rassomning tanlovga jo‘natgan barcha karikaturalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin);
3-o‘rin – Bobur Rasulov, Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘qituvchisi.
Ulugʻbek Istamtoshev, Mohinur Bahodirova, Nilufar Usmonova, Hamida Olimova rag‘batlantiruvchi mukofot bilan taqdirlanadi.
Eslatib o‘tamiz, asosiy g‘oliblar: 1-o‘rin (2 ta) – 3 million so‘m; 2-o‘rin (2 ta) – 2 million so‘m; 3-o‘rin (2 ta) – 1 million so‘m bilan mukofotlanadi.
Oyina.uz'ni telegramda kuzating
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q