Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasiga yangi murabbiy tayinlandi

Saqlash
22:26 / 20.09.2023 1403 0

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futzal boʻyicha yurtimizda oʻtkaziladigan 2024-yilgi jahon chempionatiga yuqori saviyada tayyorgarlik koʻrish maqsadida taniqli ispaniyalik mutaxassis Xose Venansio Lopes bilan muzokaralar olib bordi.

Bugun, 20-sentabr kuni OʻFA rahbariyati va tajribali murabbiy oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi. Unda OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bilan hamkorlik qilish orqali kelgusida infratuzilmani Yevropa standartlari asosida shakllantirishga xizmat qilishini eʼtirof etdi.

Bungacha futzal milliy jamoasini Bahodir Ahmedov boshqargan edi. Oʻzbekiston 2024-yilda futzal boʻyicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Turnir 2024-yilning 14-sentabr kuni start oladi.

Venansio ikki bor Ispaniya milliy jamoasini Yevropa chempioniga aylantirgan, jahon chempionati finaliga olib chiqqan. U klublar oʻrtasida Yevropa chempioni, Ispaniya chempioni, 3 karra kubok egasi, 3 bor Superkubok egasi sanaladi. Shuningdek, futzalda 5 bor jahonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//