Jamiyat
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-308, 14.09.2023-y.) qabul qilindi.
Unga koʻra, kelasi yilning 1-iyunidan qoida tarzida yangi raqamli xizmatlar va servislar birinchi navbatda Yagona portalning mobil ilovasida joriy etiladi.
2024-yil yakunigacha portalda koʻrsatilayotgan xizmatlar soni 700 taga, ularning avtomatlashganlik darajasi 65 foizga yetkaziladi. Raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi mobil ilova orqali koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, quyidagi maxsus portallar ishga tushiriladi:
2024-yildan raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlarga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi;
kelasi yilning 1-iyunidan mamlakat hududidagi yashil hudud, bogʻ va jamoat parklari haqida axborot beruvchi;
2024-yilning 1-sentabridan Toshkentda jamoat transporti harakati haqida axborot beruvchi.
Shoshilinch tezkor xizmatlar boʻyicha aholining chaqiruvlarini qabul qilish va ularni tezkor ravishda qayta ishlash boʻyicha “112” yagona markazlashgan dispetcherlik xizmati faoliyatini mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Joriy yilning 1-noyabridan “oxirgi milya” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlariga keng polosali Internet tarmoqlarini olib borishga qaratilgan hamkorlik dasturi amalga oshiriladi.
2024-yil yakunigacha magistral telekommunikatsiya tarmogʻi va aholi yashash maskanlarida qoʻshimcha 50 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari quriladi.
Avvalroq naslchilik xoʻjaligi maqomini berish boʻyicha xizmatlar Yagona portal orqali koʻrsatilishi hamda xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash jarayoni toʻliq onlayn amalga oshirilishi maʼlum qilingandi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q