Jamiyat
18-sentabr, dushanba kuni Janubiy Koreyaning Yangsan shahrida oʻzbekistonlik erkak yongʻin ichida qolgan 69 yoshli koreyalik ayolni qutqardi. Bu haqda The Korean Heraldga tayanib, “Gazeta” nashri yozdi.
Janubiy Kyonsan provinsiyasi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, keksa er-xotin tomonidan boshqariladigan tamaddixonada soat 18:44 atrofida yongʻin kelib chiqqan. Portlash ovozi, oynalar sinishi va alangani koʻrgan odamlardan biri yongʻin-qutqaruv raqamiga qoʻngʻiroq qilgan.
Yongʻin tezda va kutilmaganda yoyilgani sababli ayol restoranda yolgʻiz qolgan. Oʻt oʻchirish boʻlimi maʼlumotlariga koʻra, u kuygan va joyida yiqilib, ogʻir ahvolda qolgan. Ayolning 70 yoshli turmush oʻrtogʻi esa yongʻin boshlanishidan oldin restoranni tark etishga ulgurgan va kuchli yongʻin tufayli qaytib kira olmagan. Shu paytda qoʻshni xonadonda yashovchi 40 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi yongʻin ichiga kirib, ayolni qutqarib chiqqan.
Ayni paytda ayol 2-darajali kuyish jarohati bilan, uning eri esa olgan jarohatlari sababli kasalxonada davolanmoqda. Oʻzbekistonlik erkak shisha sinigʻidan jarohat olgan va voqea joyida unga birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Yongʻin oqibatida butun restoran va yaqin atrofdagi avtomobillarga zarar yetgan. U soat 19:11 da toʻliq oʻchirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, yongʻin zarari 60 ming dollardan koʻproqqa baholangan. Hozirda uning kelib chiqish sabablari oʻrganilmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q