Jamoat joylarida ibodat libosida yurganlik uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi

Saqlash
15:52 / 20.09.2023 1380 0

Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasida “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonunda milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarni boshqa toifa fuqarolardan ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targʻib qilganlik, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar oʻrtasida nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirganlik, koʻp xotinli boʻlishni targʻib qilganlik, jins boʻyicha kamsitishni targʻib qilganlik uchun tegishli javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.

 

Shuningdek, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik hamda fuqarolarni milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab kamsitganlik hamda diniy tashkilot tomonidan oʻzining ustavida nazarda tutilmagan faoliyat bilan shugʻullanganlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.

Qonun bilan fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganlik uchun belgilangan maʼmuriy javobgarlik bekor qilinmoqda.

Muhokamalar jarayonida ushbu qonunning qabul qilinishi natijasida jamiyatda millatlararo totuvlikni, diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlashga, dunyoviy qadriyatlarni saqlab qolishga hamda xotin-qizlarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga erishilishi qayd etildi.

Ushbu qonun boʻyicha ekspertlar tomonidan tayyorlangan tavsiyalar Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga taqdim etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//