Jamiyat
Oʻzbekistonda 2023-yil yakunigacha pensiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi direktorining oʻrinbosari Zohidxoʻja Tursunov qonunchilik palatasidagi OʻzLiDeP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida maʼlum qilgan.
Yigʻilishda “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi boʻlgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqilgan.
“Har yili davlat pensiyalari miqdorlarini yillik inflyatsiya darajasida qayta hisoblash va oshirib borish tizimini joriy qilish, joriy yil yakuniga qadar pensiyalar miqdorini inflyatsiya darajasidan kam boʻlmagan miqdorda, jami 14 foizga oshirish rejalashtirilgan. Ikkinchi oʻzgarishimiz fuqarolarning pensiya taʼminotini yaxshilash va pensionerlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 1-yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi”, — degan Zohidxoʻja Tursunov.
Qayd etish oʻrinli, pensiya va nafaqalar miqdori oxirgi marta 2023-yil 1-aprelidan 7 foizga oshirilgandi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q