Andijonda 3 tup chinorni kesganlarning ozodligi 2 yilga cheklandi

Saqlash
21:59 / 19.09.2023 1317 0

2023-yilning aprel oyida Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi ikki fuqaro 3 tup gʻarb chinori daraxtini kesgandi. Ekologiya vazirligining maʼlum qilishicha, sud ularning ozodligini 2 yilga chekladi.

Ular daraxtlarni yashash xonadoni uchun xavf tugʻdirayotgani, qurilish, taʼmirlash ishlariga xalal berayotgani uchun kesib tashlagan.

Bu orqali oʻsimlik dunyosiga 131 million 400 ming soʻmlik koʻp miqdorda zarar yetkazilgan.

Holat Ekologiya vazirligi xodimlari tomonidan oʻrganilib, tegishli hujjatlar prokuraturaga yuborilgan. Prokuratura tomonidan esa ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 18-sentyabr kuni daraxtlarni kesganlarga sud hukmi oʻqildi.

Hukmga koʻra, uch tup gʻarb chinorini kesganlarning har biriga keltirilgan zararni qoplash bilan birga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//