Ertaga aksariyat hududlarda yomgʻir yogʻadi

Saqlash
21:50 / 19.09.2023 1740 0

“Oʻzgidromet” 20-sentabr, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+15 daraja, kunduzi +23...+25 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +23...+28 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +23...+28 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +26...+31 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baʼzi joylarda momaqaldiroq boʻladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +6...+11 daraja, kunduzi +15...+20 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//