Jamiyat
Oʻzbekistonda bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 27 ta sayt bloklandi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Asadulla Qayumov maʼlum qildi.
Qoʻmita Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar koʻrish maqsadida bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targʻib qiluvchi saytlarga kirishni bloklash choralarini koʻrgan. Xususan, bukmekerlik xizmatlarni targʻib qiluvchi 92 ta veb-saytni bloklash boʻyicha AOKAga takliflar kiritilgan boʻlib, shundan 27 ta sayt bloklangan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda estrada yulduzlari, sportchilar va blogerlar tomonidan totalizatorlar va bukmekerlik xizmatlarini reklama qilish holatlari boʻyicha ichki ishlar organlariga 11 ta xat kiritilgan. Qoʻmita reklama beruvchi (tayyorlovchi, tarqatuvchi, buyurtmachi)larni qonun talablariga rioya etishlarini soʻrab, turli soha va yoʻnalishda 400 dan ortiq ogohlantirish xatlari bergan.
“OAV, internet va ijtimoiy tarmoqlarda, tashqi reklama vositalarida joylashtirilgan (tarqatilgan) reklamalarni qonunchilik hujjatlariga mosligi yuzasidan jami 24 mingdan ortiq oʻrganishlar oʻtkazildi. Bulardan televideniyeda 308 ta, radio 247 ta, tashqi reklama vositalaridagi 19 mingdan ortiq, bosma nashrlarda 236 ta va 4,5 mingdan ortiq internet hamda ijtimoiy tarmoqlarga toʻgʻri keladi. Oʻrganish (monitoring)lar natijasida 8 mingdan ortiq holatda turli kamchiliklar aniqlanib, ularni tezkor bartaraf etish choralari koʻrilgan”, — dedi Asadulla Qayumov.
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda 4500 dan ortiq reklamalar yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilgan. Shundan Facebookʼda 144 ta, Instagramʼda 344 ta, Telegramʼda 4 108 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan va bartaraf etilgan.
Qoʻmita tomonidan biologik faol qoʻshimchalar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar, shifobaxsh va maʼdanli suvlarning reklamasida qayd etilgan xususiyati yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligidan 150 dan ortiq holat boʻyicha eskpert xulosasi olingan va 103 ta holat boʻyicha kamchiliklar bartaraf etilgan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q