Jamiyat
Fargʻona viloyati Yozyovon tumanida toʻy kortejida qatnashgan 16 nafar qoidabuzarlarga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabarida “bir guruh yigitlar toʻy korteji uyushtirib, yoʻl harakati qoidalarini buzgani” aytilgan.
Tumanning “Mustaqillik” koʻchasida 10 dan ortiq avtomashinalarda yoʻl harakati qoidalariga amal qilmay harakatlangan yigitlar boshqa transport vositalarining erkin harakatlanishiga xalal bergan va jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan.
“Qonunga boʻysunmasdan, guruh boʻlib harakatlanib, qoidalarni buzdik. Qilgan ishimizdan pushaymonmiz. Boshqa qaytarilmaydi”, — deydi qoidabuzarlardan biri.
Sud jami 16 nafar yigitning har biriga 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi. Mashinalar jarima maydoniga qoʻyildi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111046
Jamiyat
94512
Jamiyat
90455
Jamiyat
74518
Jamiyat
//
Izoh yo‘q