Jamiyat
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida ota oʻgʻliga, Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida esa uka oʻz akasiga bir buyragini berdi. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, sakkiz yildan buyon gemodializ muolajasini olib kelayotgan sirdaryolik 22 yoshli bemor Oleg Kimda buyrak transplantatsiyasi oʻtkazildi. Guliston tibbiyot klasterida bajarilgan mazkur amaliyot akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi boʻlimi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi A.Ahmedov, mazkur muassasa vrach-xirurgi O.Toirov hamda xirurg-transplantolog Sh.Toshmamatov boshchiligidagi mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oshirilgan.
Qariyb toʻrt soat davom etgan operatsiya muvaffaqiyatli oʻtdi. Oleg Kimga otasi Arkadiy Kim donorlik qildi. Hozir bemorning ham, donorning ham salomatligi yaxshi. Ularda tegishli standartlar asosida tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda. Jarrohlik amaliyoti bilan bogʻliq xarajatlar esa Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tomonidan qoplab berildi.
Shuningdek, bunday amaliyotlarning navbatdagisi Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining yetakchi mutaxassislari hamda mahalliy shifokorlar hamkorligida oʻtkazildi. 5 soat davom etgan tibbiy amaliyot davomida Zarafshon shahrida istiqomat qiluvchi 37 yoshli Zarifjon Isoqov oʻz akasi, 44 yoshli Salohiddin Isoqovga bir buyragini berdi. Ayni paytda aka-ukalarning salomatligi yaxshi. Ular shifokorlar nazorati ostida davo muolajalarini olmoqda.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q