Jamiyat
Uzbekistan Vision 2030 jamgʻarmasi Oʻzbekistonda oldini olish mumkin boʻlgan onalar va yangi tugʻilgan chaqaloqlarning oʻlimini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi loyihasini qoʻllab-quvvatlash uchun 43,5 mln dollar miqdorida mablagʻ ajratishini eʼlon qildi. Bu haqda BMTning mamlakatdagi vakolatxonasi saytiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.
BMTning Uzbekistan Vision 2030 koʻp tomonlama trast jamgʻarmasi 2022-yil yozida Gulnora Karimovaning Shveysariyadagi jinoiy ish jarayonida musodara qilingan aktivlarini qaytarish uchun tashkil etilgan. Oʻtgan yilning avgust oyida Oʻzbekiston va Shveysariya jamgʻarma orqali 131 million dollarni qaytarish boʻyicha kelishuv imzolagan. Olingan mablagʻlar Oʻzbekiston hukumatining islohotlar dasturini amalga oshirishni jadallashtirish va mamlakatda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
“Aktivlarni kelib chiqqan mamlakatlarga qaytarish BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining asosiy tamoyilidir. Oʻzbekiston va Shveysariya oʻrtasidagi restitusiya toʻgʻrisidagi bitim natijasida ochilgan jamgʻarma aktivlarni Barqaror rivojlanish maqsadlari aniq yutuqlariga aylantirishi bevosita Oʻzbekiston fuqarolari hayotini yaxshilashga imkon beradi. BMTning ushbu loyihasi oʻttiz oy ichida mamlakatda 600 000 nafar ayol va yangi tugʻilgan chaqaloqlarni qamrab oladi”, — dedi BMTning Oʻzbekistondagi doimiy koordinatori Konsuelo Vidal Bryus.
BMT vakolatxonasi maʼlumotlariga koʻra, yangi dastur uchta agentlik: UNICEF, UNFPA va JSST tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. Uning asosiy maqsadlaridan biri kam vaznli chaqaloqlarning omon qolish darajasini hozirgi 75 foizdan 90 foizga oshirishdir.
Dastur uchta yoʻnalishdan iborat:
227 ta perinatal markazlarni boshqarish mexanizmlari, yondashuvlari, yoʻriqnomalari va klinik protokollarini mustahkamlash;
perinatal markazlarning sifatli inklyuziv sogʻliqni saqlash xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatlarini zarur jihozlarni xarid qilish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish orqali takomillashtirish;
10 millionga yaqin Oʻzbekiston xalqiga, onalar, yangi tugʻilgan chaqaloqlar, bolalar va oʻsmirlarga salomatligini muhofaza qilish uchun sifatli va inklyuziv, reproduktiv xizmatlarini talab qilish uchun bilimlar berish.
“Oʻzbekiston fuqarolari joylarda zamonaviy jihozlangan va yuqori malakali tibbiyot mutaxassislari mavjud perinatal markazlardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishining ijobiy taʼsirini bevosita his qilishadi. Bu hamkorlik Oʻzbekiston hukumatining sezilarli islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan siyosati davomidir. Biz chaqaloqlar oʻlimini ikki baravar kamaytirish boʻyicha hukumat strategiyasiga erishishga yordam beradigan ushbu transformativ tashabbusda BMT va Shveysariya hukumati bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz”, — dedi Moliya va iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q