Madaniyat
17-sentabr Adiblar xiyobonida XX asr o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 116 yilligi munosabati bilan “Ajdodlar xotirasi yodimizda” mavzusida adabiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va Toshkent moliya instituti hamkorligida tashkil etilgan bu tadbir O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Toshkent moliya instituti Madaniyat va san’at bo‘limi boshlig‘i, shoir Bobur Bobomurod kirish so‘zi bilan ochildi.
O‘tkazilgan tadbirda Toshkent moliya instituti xodimlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari hamda adabiyotshunos olimlar so‘zga chiqdilar. Ular adibning hikoya va ocherklari, qissa va romanlari, satirik komediya va lirik dramalari xususida qimmatli fikrlar bildirdilar.
Tadbir davomida Toshkent moliya instituti talaba-yoshlari tomonidan yozuvchining “Anor” hikoyasi asosida sahnalashtirilgan sahna namoyishi katta qiziqish bilan tomosha qilindi.
Xotira kechasi so‘ngida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan faol ishtirok etgan talaba-yoshlarga kitoblar ulashildi.
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q