Oʻzbekiston hududiga nam va salqin ob-havo massalari kirib keladi

Saqlash
20:31 / 18.09.2023 23008 1

19-sentabr, seshanba kuni Oʻzbekiston hududiga Volgaboʻyi hududlaridan nam va salqin ob-havo massalari kirib keladi.

Oʻzgidromet xizmati agentligi xabariga koʻra, bugun respublika hududining katta qismida kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kun oʻrtasiga borib, havo harorati +28...+30 darajagacha koʻtariladi.

Ertaga Oʻzbekiston hududiga Volgaboʻyi hududlaridan nam va salqin ob-havo massalari kirib keladi. Respublika boʻyicha havo bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin, faqat janubda va Fargʻona vodiysida quruq ob-havo saqlanib turadi.

Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi kutilmoqda. Havo harorati biroz pasayadi, kunduz kuni +26...+28 darajani tashkil etadi.

20-sentabr, chorshanba kuni markaziy va sharqiy viloyatlar boʻyicha baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir kuchli boʻladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

Haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekiston hududi boʻyicha yana quruq havo kuzatiladi, faqat togʻoldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.

20-22-sentabr kunlari havo haroratining pasayishi davom etadi va kunduz kunlari +23...+25 darajadan yuqori boʻlmaydi. Kechalari va ertalabki soatlarda havo ancha salqinlashadi, harorat +11...+16 daraja atrofida boʻladi.

Poytaxtda 18-19-sentabr kunlari havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat 19-sentabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat +26...+29 daraja boʻladi.

20-sentabrda kechasi va ertalab yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. 21-22-sentabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +13...+15 darajagacha, kunduzi +23...+25 darajagacha pasayadi.

Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 19-sentyabrda 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin.

1 Izoh

Xudaynazarov xumoyun

18:09 / 20.09.2023

Qashqadaryo Viloyatini koson tumanida yomg'ir qaysi kunlari yog'adi qurilishi qilayotgandik shunga qarab rejalashtiramiz ishni

Izoh qoldirish

//