Jamiyat
Joriy yilning 20-22-sentabr kunlari kuchli yomgʻirlar yogʻishi kutilyapti. Bu haqda FVV “Oʻzgidromet”ga tayangan holda xabar berdi.
Shu sababli, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Pskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuz berishi mumkin.
Togʻli va togʻoldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻralgan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
111046
Jamiyat
94512
Jamiyat
90455
Jamiyat
74518
Jamiyat
//
Izoh yo‘q