Jamiyat
Toshkent shahrida Yutong elektrobusi va Nexia oʻrtasida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
“Toshshahartransxizmat”ning maʼlum qilishicha, voqea 2023-yilning 15-sentabr kuni soat 09:23 da Sayhun koʻchasida sodir boʻlgan. Unda 1-avtobus saroyi filiali tasarrufidagi Yutong rusumli 13T-sonli “Shimoliy vokzal — Suvsoz mavzesi” yoʻnalishda harakatlanayotgan haydovchi S.S. boshqaruvidagi elektrobus, Mirobod tumani, Sayhun koʻchasidan svetoforning yashil chirogʻida harakatlanib ketayotgan vaqtda, elektroapparat qarshisida Nexia chiqib qolgan. Oqibatda YTH sodir boʻlgan.
Mazkur YTH oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq, elektrobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.
Ushbu chorrahada Fargʻona yoʻlidan kelayotgan avtomobillar uchun svetofor yoʻqligi va daraxtlar koʻrishni cheklashi qayd etilgan.
Avvalroq Bektemir tumanida 13-sonli elektrobus beton ustunga urilib, 5 nafar yoʻlovchi tan jarohati olgani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109715
Jamiyat
94095
Jamiyat
89880
Jamiyat
73075
Jamiyat
//
Izoh yo‘q