Jamiyat
7-sentabr kuni kechki payt Toshkent shahrining Bektemir tumanida 13-sonli elektrobus beton ustunga urilib, 5 nafar yoʻlovchi tan jarohati oldi.
“Toshshahartransxizmat” matbuot xizmatining xabar berishicha, elektrobus 34−35 km/soat tezlikda ketayotgan boʻlgan. Ikki yoʻnalishli harakat oqimiga 3 ta transport kirib kelgani oqibatda mashinalar elektrobusga xalaqit bergan va haydovchi boshqaruvni oʻng tomonga burib yuborgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida avtobus ichida boʻlgan 15−20 nafar yoʻlovchining 5 nafari hamda haydovchi jarohat olgan.
5 yoʻlovchi Yashnobod tumanidagi 39-sonli shifoxonaga yuborilgan. Hozirda hududiy IIO tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Avtobusga jiddiy shikast yetgan.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q