Jamiyat
Samarqand viloyatining Past Dargʻom tumanida odamlar fastfuddan zaharlandi, dev xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi.
Xabarga koʻra, 13-sentabr kuni bir nechta fuqarolar tuman tibbiyot birlashmasiga koʻngil aynishi, qayt qilishi va boshqa ogʻriqlar bilan murojaat qilgan. Holat oʻrganilganda ushbu fuqarolar Past Dargʻom tumanidagi “Merals” MCHJdan fastfud isteʼmol qilgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holat Sanepidqoʻmita tomonidan toʻliq nazoratga olinib, surishtiruv va oʻrganish ishlari olib borilmoqda.
Fastfud sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona faoliyatiga chek qoʻyilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Angren shahrida 24 nafar bogʻcha tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlanish yoki oshqozon faoliyatining funksional buzilishi birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
111878
Jamiyat
94684
Jamiyat
90681
Jamiyat
75376
Jamiyat
//
Izoh yo‘q