Angrendagi 3 ta bolalar bogʻchasida 18 nafar tarbiyalanuvchi diareya bilan shifoxonaga yotqizildi. Sanepidqoʻmita holat yuzasidan maʼlumot berdi

Saqlash
15:17 / 15.09.2023 1676 0

13−14-sentabr kunlari Toshkent viloyatining Angren shahrida 18 nafar bola ich buzilishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi. Uch nafar bola 1-sonli, 14 nafari 10-sonli va bir nafari 37-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari hisoblanadi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati barcha bolalar shifokorlar nazoratida ekani, vazirlik vaziyatni nazoratga olganini maʼlum qildi.

Shuningdek, Sanepidqoʻmita ham holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Unga koʻra, Angren shahar shifoxonasining yuqumli kasalliklar boʻlimiga 13-sentabr kuni soat 14:00 dan boshlab 14-sentabr kuni soat 21:00 ga qadar shahardagi 10-sonli DMTT da tarbiyalanayotgan bolalar koʻngil aynishi, qayd qilish, tana haroratni koʻtarilishi, tez-tez ich kelishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilib, ulardan 24 nafari ovqatdan zaharlanish yoki oshqozon faoliyatining funksional buzilishi birlamchi tashxisi bilan yotqizilgan, 7 nafariga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga ruxsat berilgan.

Sanepidqoʻmita xodimlari tomonidan laborator tekshiruvlar uchun yuqumli kasalliklar boʻlimiga murojaat qilgan bemorlardan hamda DMTT omborxonasida saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar olindi. Bogʻchaning 240 nafar tarbiyalanuvchilari shifokorlar tomonidan toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, tibbiy nazoratga olindi va tashkilot ish faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.

Holat Sanepidqoʻmita tomonidan toʻliq nazoratga olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//