Oʻzbekistonliklar oktabr oyida ketma-ket ikki kun dam oladi

Saqlash
15:27 / 15.09.2023 1850 0

Oʻzbekistonda ilk marta 1-oktabr — bayram kuni yakshanbaga toʻgʻri kelgani sababli dam olish kuni dushanbaga koʻchiriladi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni 2023-yilda yakshanba, dam olish kuniga toʻgʻri kelgani munosabati bilan ushbu dam olish kuni 2023-yil 2-oktabr, dushanba kuniga koʻchiriladi.

Bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//