Jamiyat
Oʻzbekistonda bugungi kunga qadar huquqbuzarliklarni qayd etuvchi jami 2,5 mingdan ziyod kamera va radarlar oʻrnatilgan. Bu haqda prezident huzurida oʻtgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, aholi joylarida harakatlanish 60 kilometr-soatga tushirilishi hisobiga kamera oʻrnatilgan hududlarda avariyalar 30 foizga kamaygan.
Shavkat Mirziyoyev bu ishlarni davom ettirish, “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimlarini kengroq joriy qilish zarurligini aytdi.
Oʻzbekistondagi barcha shaharlar, xususan tumanlar markazlarida avtomobillar harakatining eng yuqori tezligi 2023-yil 1-apreldan boshlab soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilgan edi.
Sentabr oyi boshida Oʻzbekistonda 2023-yilning 7 oyi davomidagi YTHlarda 1115 kishi qurbon boʻlgani haqida maʼlumot berilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q