Qoʻrqinchli raqamlar: Oʻzbekistonda YTH oqibatida 7 oyda 1 ming 115 kishi halok boʻldi

Saqlash
20:38 / 08.09.2023 1851 0

Joriy yilning oʻtgan 7 oy davomida respublika hududida 4 772 ta yoʻl-transport hodisasi (YTH) qayd etilgan.

Qayd etilishicha, 2 453 ta YTH haydovchilar yoʻl harakati qoidalariga eʼtibor bermasligi oqibatida kelib chiqqan. Natijada 1 ming 115 kishi halok boʻlgan, 4 ming 564 nafari turli tan jarohatlari olgan. Halok boʻlganlarning 1 078 nafari yoki 96,7 foizi xavfsizlik kamarini taqmagan.

Birgina Toshkent shahar IIB maʼlumotlarida aytilishicha, joriy yilning oʻtgan 7 oyida poytaxtda 675 ta yoʻl-transport hodisasi qayd etilgan.

Hodisa oqibatida 71 kishi halok boʻlgan, 787 kishi turli tan jarohatlari olgan. Baxtsiz hodisalarning eng keng tarqalgan sababi tezlikni oshirish boʻlgan — 199 ta holat.

Haydovchilar tomonidan 90 ta holatda taqiqlovchi svetofor ishorasiga eʼtibor bermaslik, mast holatda haydovchilar ishtirokida 8 ta YTH sodir etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//