“Vatan ostonasi” festivali Fargʻonada

Saqlash
21:45 / 12.09.2023 1342 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan “Vatan ostonasi” shiori ostidagi festival Fargʻona viloyatida boʻlib oʻtmoqda.

 

Dastlab Fargʻona tumanidagi “Gulpiyon” MFYda oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir koʻtarinki ruhda tashkil etildi.

 

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlim boshligʻi Mahfirat Zikirova, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi, professor Jamila Shermuhammedova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Moʻminova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarov, aktyor Alisher Otaboyev, xonanda Alisher Hamroyevlar aholi va yoshlar bilan samimiy muloqotda boʻlishdi. Chegarachilarning chiqishlari barchaga manzur boʻldi.

 

“Vatan ostonasi” shiori ostidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Fargʻona tumanida joylashgan chegara qoʻriqlash vzvodida davom etdi.

 

 

 

Tadbir davomida chegarachilar va ularning oila aʼzolari bilan dildan suhbat qurildi. Taniqli ijodkor va sanʼatkorlar ona Vatanni himoya qilishdek sharafli ishga bel bogʻlagan harbiylar va ularning turmush oʻrtoqlariga minnatdorlik bildirdi. Sheʼr va qoʻshiqlar davraga yanada fayz kiritdi.

 

Ijodiy jamoa chegara qoʻriqlash vzvodidagi tikuvchilik sexi faoliyati bilan tanishdilar.

 

 

 

Shuningdek, mazkur chegara qoʻriqlash vzvodiga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi.

 

Harbiylar va yoshlar birlashgan nuqta: “Vatan ostonasi” festivali Qoraqalpogʻistonda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//