Jamiyat
Avval xabar berganimizdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi DXX Chegara qoʻshinlari bilan hamkorlikda “Vatan ostonasi” festivali Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtmoqda.
Qoʻngʻirot tumanining Qoraqalpoq posyolkasida joylashgan Madaniyat uyida boshlangan tadbir koʻtarinki ruhda davom etdi. Unda harbiylar va ularning oila aʼzolari, hududda istiqomat qilayotgan yoshlar ishtirok etdi.
“Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, olim va shoirlarning maʼruzalari, sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan qoʻshiqlar, tuman Madaniyat uyi xonandalarining ijodiy chiqishlari qatnashchilarga xush kayfiyat ulashdi.
Shuningdek, Qoʻngʻirot tumani chegarasida joylashgan harbiy qismda madaniy-maʼrifiy tadbirlar, jumladan, harbiy shaharchada bunyod etilgan yangi kutubxonaning ochilish tadbiri ham tashkil qilindi. Taʼkidlash kerak, koʻrkam, barcha sharoitlarga ega yangi kutubxonada oʻzbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari, huquq va boshqa sohalarga oid adabiyotlar, matbuot nashrlari oʻrin olgan.
Zamonaviy kutubxona harbiylar va ularning oila aʼzolari, farzandlarida katta qiziqish uygʻotdi. Festival doirasida harbiy shaharchada harbiylarning oila aʼzolari bilan suhbat ham tashkil qilindi.
Olis Jasliq aholi punktida oʻtkazilgan tadbirlar ham qizgʻin jarayonlarga boy boʻldi. 54 hamda 57-sonli umumtaʼlim maktablarida boʻlib oʻtgan ijodiy uchrashuvlarda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, shoir va olimlar, sanʼatkorlarning chiqishlari hudud aholisi, yoshlar hamda harbiy xizmatchilar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.
Aholi bilan boʻlgan muloqot, maktab oʻquvchilarining goʻzal raqslari hamda harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q