Navoiy viloyatining sobiq hokimi ogʻir jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Operatsiya 10 soat davom etgan

Saqlash
16:49 / 30.11.2021 937 0

Qobul Tursunovda ogʻir jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi. Navoiy viloyatining sobiq hokimi Qobul Tursunov 10 soat davom etgan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

 

Bu haqida Kun.uz manbasi xabar berdi. Unga koʻra, sobiq hokimda intubatsion narkoz ostida laminektomiyasi va bel sohasi umurtqalarini TPF - trans pedikulyar fiksator sistema bilan stabilizatsiya qilish jarrohlik amaliyoti oʻtkazilgan.

 

Amaliyot Navoiy viloyati Koʻp tarmoqli tibbiyot markazida Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori oʻrinbosari, tibbiyot fanlari doktori Ravshan Yuldashev va navoiylik neyrojarrohlar hamkorligida amalga oshirilgan.

 

Taʼkidlanishicha, hozirda bemorning ahvoli qoniqarli, keyingi reabilitatsiya muolajalari davom ettirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//