Eng yaxshi karikaturalarga ovoz bering

Saqlash
19:09 / 07.09.2023 2384 3

Xabaringiz bor, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi hamda Oyina.uz portali Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovini eʼlon qilgandi.

 

“Kitob – yuksaklikka eltuvchi nur” shiori ostida tashkil etilgan tanlovga professional va havaskor rassomlardan 400 ga yaqin ijodiy ish kelib tushdi.

 

Materiallar hakamlar hayʼati tomonidan saralandi: ular orasida internetdan olib yuborilgani ham, nusxa ko‘chirilgani ham, g‘oyasi o‘g‘irlangani ham uchradi.

 

Uzoq muhokamalardan so‘ng 10 ta ijodiy ishni eʼtiboringizga havola etmoqdamiz. To‘g‘ri, barcha suratlarda ham janr talablariga qatʼiy amal qilinmagan. Baʼzi rasmlarni tanlashda esa muallifning yoshi inobatga olindi.  

 

Eslatib o‘tamiz, g‘oliblar ikki yo‘nalishda – hakamlar hayʼati eʼtirofi va muxlislar bergan ovozlar soniga ko‘ra aniqlanadi: 1-o‘rin (2 ta) – 3 million so‘m; 2-o‘rin (2 ta) – 2 million so‘m; 3-o‘rin (2 ta) – 1 million so‘m bilan taqdirlanadi.

 

Yakuniy bosqich ishtirokchilari bilan tanishing:

 

1. Mahmud Eshonqulov,

karikaturachi rassom

 

2. Umid Sulaymonov,

grafik rassom

 

3. Bobur Rasulov

Respublika ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati o‘qituvchisi

 

4. Sarvar Farmonov,

grafik rassom

 

5. Azizjon Qahhorov,

G‘ijduvon tumanidagi Mirakon mahallasi yoshlar yetakchisi

 

6. Ravshanbek Otamurodov,

Urganch tumanidagi 1-umumtaʼlim maktabi o‘quvchisi

 

7. Mohinur Bahodirova,

Romitan tumanidagi 41-IDUM o‘quvchisi

 

8. Ulug‘bek Istamtoshev,

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi

 

9. Hamida Olimova,

Urganch davlat universiteti talabasi

 

10. Nilufar Usmonova

 

Eslatib o‘tamiz, ovoz berish 2023-yil 17-sentabr soat 20:00 ga qadar davom etadi.

 

O‘zingizga yoqqan ijodiy ishlarga ovoz bering. Kitob haqidagi karikaturalarning tarmoq bo‘ylab tarqalishiga hissa qo‘shing.

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

3 Izohlar

Зиёдулло

20:09 / 10.09.2023

4-чи Сарвар Фармонов

Abror Turdipulatov

16:09 / 09.09.2023

Sarvarga omad

Рано Вапаева

14:09 / 08.09.2023

Равшанбек Отамуротов чизган карикатурасига овоз бераман

Izoh qoldirish