“Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovi eʼlon qilindi

23:12 / 05.08.2023 2718
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi hamda Oyina.uz portali “Eng yaxshi ijtimoiy karikatura” tanlovini eʼlon qiladi. 

 

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Kitob – yuksaklikka eltuvchi nur” shiori ostida oʻtkaziladi.

 

Tanlovga taqdim etilgan eng sara ijodiy ishlardan yurtimizda kitobxonlikni umummilliy harakatga aylantirish, aholi orasida mutolaa madaniyatini yanada yuksaltirish yoʻlida foydalaniladi. OAV, ijtimoiy tarmoq va tashqi reklama vositalarida namoyish etiladi.

Ishchi guruhga kelib tushgan karikaturalar saralanib, Oyina.uz portalining telegram kanalida eʼlon qilinadi. Gʻoliblar ikki yoʻnalishda – hakamlar hayʼati eʼtirofi va muxlislar bergan ovozlar soniga koʻra aniqlanadi. 

Gʻoliblar:

1-oʻrin (2 ta) – 3 million soʻm;

2-oʻrin (2 ta) – 2 million soʻm;

3-oʻrin (2 ta) – 1 million soʻm hamda ragʻbatlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanadi.

 

Tanlovga ijodiy ishlar 2023-yil 18-avgustgacha @oyinauz_bot orqali qabul qilinadi.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi Mustaqillik bayrami arafasida tantanali ravishda oʻtkaziladi.

5 Izohlar

Oggʻabek

20:39 / 23.09.2023

Men oʼz vatanimga hissa qoshishga tayyorman

Jasmina Qobiljonova

21:29 / 25.08.2023

Assalomu alaykum man eng yaxshi ijtimoiy karikatura tanlovi uchun o‘z ishimni taqdim etgandim. Qachon natijalar e'lon qilinadi. Oyina.uz telegram kanalida ham bu haqida habar berilgani yo‘q.

Shomurodova Aziza Erkin qizi

04:40 / 19.08.2023

Bu tanlov menga juda yoqdi voqtim samarali utdi

Muslima

03:59 / 18.08.2023

Bot orqali chizgan karikaturamni jõnatdim, javobingizni kutaman.

График рассом карикатурист Ҳусан СОДИҚОВ

23:55 / 15.08.2023

Яхши курик танлов. Хаммани омадини берсин.

Izoh qoldirish