Jamiyat
Oʻzbekistonda 65 bolaning oʻlimiga sabab boʻlgan yoʻtal siropini ishlab chiqaruvchilar mahalliy amaldorlarga majburiy tekshiruvdan oʻtmaslik evaziga 33 ming dollar pora bergani aytilmoqda. Bu haqda 16-avgust, chorshanba kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan sud jarayonida maʼlum qilingan, deb yozmoqda Reuters.
Eslatib oʻtamiz, oʻlim holatlari boʻyicha 21 kishi, 20 oʻzbekistonlik va bir hindistonlik mahkamaga tortildi va birinchi marta qurbonlar soni avval xabar qilinganidan ancha koʻpligini oshkor boʻldi.
Sudlanuvchilarning uch nafari (bir Hindiston va ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi) Hindistonning Marion Biontech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini Oʻzbekistonda sotgan Quramax Medical shirkati rahbarlaridir.
Davlat ayblovchisi Saidkarim Oqilovning soʻzlariga koʻra, Quramax bosh direktori Singx Ragvendra Pratar dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish davlat markazi mansabdor shaxslariga oʻz mahsulotlarini majburiy sinovdan oʻtkazmaslik uchun 33 ming dollar toʻlagan.
Prokurorning bayonotida pora berish Oʻzbekistonda yoki Hindistonda boʻlganmi, aniq emas.
Sudga kelgan Prathar ayblovlarni rad etdi, biroq bu summani “minnatdorchilik belgisi” sifatida vositachi orqali mansabdor shaxslarga berganini tan oldi. Uning soʻzlariga koʻra, keyinchalik pullar qanday va kim tomonidan ishlatilgani haqida hech qanday tasavvurga ega emas.
21 sudlanuvchidan 7 nafari oʻzlariga qoʻyilgan ayblovlarning kamida bir qismi, jumladan soliq toʻlashdan boʻyin tovlash, sifatsiz yoki qalbaki dori-darmonlarni sotish, notoʻgʻri foydalanish, ehtiyotsizlik, qalbakilashtirish va poraxoʻrlik boʻyicha ayblarini tan oldi.
Shuningdek, Quramax Medical kompaniyasiga soliqlardan boʻyin tovlash ayblovi qoʻyilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, “Dok-1 Maks” dori vositasidan 65 nafar yosh bola vafot etgani maʼlum qilingan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q