“Dok-1 Maks” dori vositasi sabab aslida 65 nafar yosh bola vafot etgan

Saqlash
03:32 / 11.08.2023 2462 0

Oliy sud matbuot xizmati “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan ma’lumotlarni ochiqladi

 

Unga ko‘ra, Toshkent shahar sudining ish yurituviga S.R.P. (erkak, 1972-yilda Hindistonda tug‘ilgan, Quramax Medical MCHJ direktori), S.K. (erkak, 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, bir vaqtda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori lavozimlarida ishlagan) va boshqalarga (jami 21 kishi: Quramax Medical MCHJ va “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK mas’ul xodimlari) oid jinoyat ishi kelib tushgan bo‘lib, uni ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni 11-avgust kuni soat 10:00 da boshlanishi belgilandi.

 

Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, ularning 7 tasiga qamoqqa olish, 12 tasiga munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat va 2 tasiga garov tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llangan.

 

Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

 

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra sodir etilgan jinoyatlar oqibatida O‘zbekistonda jami 65 nafar yosh bola vafot etgan.



Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//