Siyosat
Prezident daraxtlarni noqonuniy kesish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun yangi sanksiyalar koʻzda tutilgan qonunni rad etdi. Bunga jarimalar miqdorining kamligi sabab boʻlishi mumkin.
“Daraxtni noqonuniy kesganlik uchun AQSHda 100 ming, Fransiyada 150 ming, Saudiyada 8 million AQSH dollarigacha jarima belgilangan. Bizda bu harakat uchun 1000 AQSH dollarigacha jarima koʻzda tutilgan qonun Prezident tomonidan rad etildi. Eʼtiroz toʻgʻri, qonunni qayta koʻramiz”, deb yozgan parlament quyi palatasi spikeri oʻrinbosari Alisher Qodirov.
Eslatib oʻtamiz, Senatning 3-maydagi majlisida maʼqullangan qonun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartishlar kiritilgan edi. Xususan, daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va yosh nihollarni noqonuniy kesish, ildizi bilan sugʻirib olish, shikastlash, nobud qilish yoki koʻchirib oʻtkazish uchun fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (avval 5 baravaridan 10 baravarigacha edi), mansabdor shaxslar uchun esa 15 baravaridan 20 baravarigacha (avval 10 baravaridan 15 baravarigacha edi) jarima belgilanishi koʻzda tutilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q