Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish va qiynoqqa solish moddalari boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bosh prokuratura poytaxt IIBBda vafot etgan fuqaro ishi boʻyicha bayonot berdi

Saqlash
22:40 / 14.08.2023 1386 0

Toshkent shahar IIBB tezkor xodimlari tomonidan 2023-yilning 12-avgust kuni tezkor-qidiruv tadbiri doirasida bosqinchilik va boshqa jinoyatlar uchun gumonlanib olib kelingan fuqaro D.U. shu kuni IIBB maʼmuriy binosida vafot etgan. Bu haqida Toshkent shahar IIBB rasmiy bayonot bergan va voqea tafsilotlarni ochiqlagan edi. 

 

Holat boʻyicha Bosh prokuratura ham bayonot berdi. Qayd etilishicha, D.U.ning oʻlimi sababini aniqlash yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

 

«D.U.ning vafoti yuzasidan bir qator tergov harakatlari oʻtkazish zarurati tugʻilganligi sababli, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 206 (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) va 235 (Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qoʻllash) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi”, deyiladi bayonotda.

 

Hozirda Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//