Shavkat Mirziyoyev energetika kompleksi rahbarlari va hokimlarga qator topshiriqlar berdi

Saqlash
02:52 / 12.08.2023 2228 0

Buxoro viloyatida Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda energetika kompleksi rahbarlari va hokimlarga tizimning barqaror ishlashini taʼminlash yuzasidan qator topshiriqlar berildi.

 

Ikkinchi yarim yillikda 30 milliard kub metr gaz qazib chiqarish va 41 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqarish, ularni isteʼmolchilarga uzluksiz yetkazib berish; yer osti gaz omborlarida gaz zaxirasini kamida 3,5 milliard kub metrga yetkazish topshirildi.

 

1-oktyabrgacha 1 ming 100 kilometr tarmoqlar va 402 ta transformatorni taʼmirlash ishlarini toʻliq yakunlash vazifasi qoʻyildi.

 

Aholining talabini toʻliq qoplash uchun hududlarga qoʻshimcha 35 ming dona gaz ballonlarini yetkazib berish, kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini 335 ming tonna suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash topshirildi.

 

Yil yakuniga qadar 400 ming tonna benzin ishlab chiqarish va 120 ming tonna import qilish zarurligi taʼkidlandi.

 

Masʼul rahbarlar kuz-qish mavsumida energetika tizimining barqaror ishlashini taʼminlash uchun bugundan boshlab favqulodda rejimga oʻtadi.

 

Energetika kompleksi rahbariyati viloyat hokimlari va tarmoq rahbarlari bilan birgalikda yil yakuniga qadar 3,7 milliard kilovatt soat elektr va 2,4 milliard kub metr gazni iqtisod qilish choralarini koʻradi.

 

Ijtimoiy soha obyektlari va davlat idoralarida, tadbirkorlik obyektlarida yana 250 megavatt quyosh panellarini oʻrnatish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

 

Yigʻilishda hudud va tarmoq rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//