Siyosat
Buxoro viloyatida Shavkat Mirziyoyev boshchiligida oʻtkazilgan yigʻilishda energiya resurslari isteʼmolida tartib-intizom haligacha toʻliq taʼminlanmagani tanqid qilindi.
Qayd etilishicha, oʻtgan yetti oyda hududlarda 160 million kilovatt soat elektr va 290 million kub metr gaz noqonuniy ishlatilib, tarmoq korxonalariga 355 milliard soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Bu borada Bosh prokuratura va Energiya inspeksiyasi tizimiga katta vakolat va resurslar berilgani, lekin ular yoʻqotishlarni oldini olish bilan emas, balki oqibati bilan kurashayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Tuman hokimlari, prokurorlari, ichki ishlar va departament rahbarlari qaysi tumanda energiyani oʻgʻirlash davom etsa, noreal qarzdorlik oshib ketsa, elektr va gaz rahbarlariga qoʻshilib javobgar boʻlishi haqida ogohlantirildi.
- Yana bir bor taʼkidlayman. Bir-ikki oydan soʻng kuz-qish mavsumi boshlanadi. Uni betalafot oʻtkazish, energetika tizimining barqaror ishlashini taʼminlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga energiya resurslarini kafolatli yetkazib berish boʻyicha ishlarni hozirdanoq boshlash zarur, — dedi davlat rahbari.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q